Fargʻona viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolarning navbatdagi qabuli oʻtkazildi
2026-01-26 10:45:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning murojaat va muammolarni eshitish, hal qilish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash, Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini taʼminlash maqsadida bugun Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan bugun qabullar oʻtkazildi.
Qabul davomida 72 nafar fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 21 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi hamda 51 ta murojaat boʻyicha kompleks oʻrganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini taʼminlash boʻyicha masʼullariga alohida vazifalar yuklatilib, nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati









