Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan navbatdagi qabul oʻtkazildi
2026-01-26 10:05:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Farrux Xaydarov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabul jarayonida har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, fuqarolar bilan bevosita ochiq va samimiy muloqot olib borildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat alohida koʻrib chiqilib, ularni qonuniy asosda hal etish boʻyicha tegishli sohaviy rahbar va mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.
Taʼkidlash joizki, Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlar, sayyor va shaxsiy qabullar muntazam ravishda tashkil etilib, fuqarolarning muammolarini tinglash va hal etishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






