IIV Akademiyasida milliy seminar oʻtkazildi
2026-01-24 16:50:00 / Yangiliklar

21-22-yanvar kunlari IIV akademiyasida terrorchilik maqsadlarida yangi texnologiyalardan foydalanishga qarshi kurashishga qaratilgan milliy seminar oʻtkazildi.
BMT Aksilterror boshqarmasi (UNOCT) tomonidan tashkil qilingan tadbirda xalqaro ekspertlar, manfaatdor idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Milliy seminarda terrorizm xavfining oldini olish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning terrorchilik maqsadlarida qoʻllanilayotgan yangi texnologiyalardan xabardorligini oshirish, mazkur yoʻnalishda xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvini rivojlantirish, milliy yondashuvlarni ishlab chiqish, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida fikr almashildi.
Xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan dolzarb taklif va tavsiyalar bildirilgan tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati






