Namangan viloyati IIBning 2025-yildagi faoliyati yakunlari boʻyicha sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2026-01-24 16:15:00 / Yangiliklar

Mazkur yigʻilishda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari, shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlari rahbarlari hamda ularning oʻrinbosarlari, tergov va tashkiliy boʻlinmalar boshliqlari, Ichki ishlar vazirligining viloyat hududidagi tarkibiy tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida Boshqarma sohaviy xizmatlari va uning quyi tizimlari tomonidan 2025-yil mobaynida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar hamda mavjud kamchiliklar yuzasidan masʼul rahbarlarning axborotlari eshitildi. Xizmat faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarning faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, ularga nisbatan intizomiy taʼsir choralari koʻrildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Saidkarim Nishanbayev hamda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan ichki ishlar organlari xodimlariga xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish, yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni soʻzsiz va masʼuliyat bilan ijro etish, qonun ustuvorligini taʼminlash, mansab vakolatlaridan gʻarazli maqsadlarda foydalanish holatlariga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaviy illatlarga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish, shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartib va muddatlarda xolisona hamda qonuniy asosda koʻrib chiqish yuzasidan qatʼiy topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





