Fargʻona viloyati IIBda 2025-yil yakunlariga bagʻishlangan tahliliy sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2026-01-24 15:15:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik S.Nishanbayev hamda viloyat IIB boshligʻi, general-mayor A.Ikramov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yigʻilishda viloyat IIB boshligʻining barcha oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, PPX va YPX otryad komandirlari, shahar-tuman studiyalaridan hududiy tuzilma masʼullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayonlarida jinoyat qidiruv, jamoat tartibini saqlash va probatsiya sohalari, ayollar va oila-turmush doirasidagi jinoyatlar tahliliga eʼtibor qaratildi.
Amalga oshirilgan ishlar va yil davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar shahar-tumanlar kesimida tahlil qilindi.
Xizmat sifatini yanada oshirish kerakligi qayd etildi. Ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





