Samarqand viloyati IIBda “Rahbar va yosh xodimlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2026-01-24 12:50:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Boshqarma boshligʻi, general-mayor Toxir Aripovning yosh xodimlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Boshqarma boshligʻi tizimda yosh xodimlarga qaratilayotgan eʼtibor hamda ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida urgʻu berildi.
Ochiq muloqot jarayonida yosh xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish, shuningdek, xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan tashabbus va takliflarini bildirish imkoniga ega boʻldilar.
Bildirilgan masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh yosh xodimlar munosib taqdirlandilar.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









