Fuqarolar murojaatlari eʼtibor markazida: Guliston shahri fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi
2026-01-22 12:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Farrux Xaydarov tomonidan Guliston shahri Taraqqiyot mahallasida fuqarolar murojaatlariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha bildirgan murojaatlari tinglanib, jumladan tergovga qadar tekshiruv jarayonlari, ijtimoiy muammolar hamda alohida toifadagi shaxslarning muammolari atroflicha o‘rganildi. Murojaatlar yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.
Sayyor qabul fuqarolar bilan ochiq muloqotni taʼminlash, ularni qiynayotgan muammolarga qonuniy yechim topish hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati









