Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon va Muzrabot tumanlarida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlar oʻrganildi
2026-01-21 09:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov hududlarda kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan mahallalariga tashrifi davomida, amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirib, mahalla yettiligi aʼzolari ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, aholi koʻp toʻplanadigan joylarni kameralashtirish, ishsizlar sonini kamaytirish, fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboni boʻlib qolishining oldini olish, ishlab chiqilgan yoʻl xaritalar ijrosi oʻrganildi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga alohida urgʻu berildi. Viloyat IIB boshligʻi ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham oʻrganilib, bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Shundan soʻng, boshqarma boshligʻi oʻrganish davomida aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish uchun tuman hamda viloyat IIBdan biriktirilgan masʼullarga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









