Fargʻona viloyati IIB rahbariyati tomonidan Fargʻona shahrida mahallalar yettiligi faoliyati oʻrganildi
2026-01-21 09:00:00 / Yangiliklar

Fargʻona viloyati IIB boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov Fargʻona shahridagi “ogʻir” toifadagi mahallalar yettiligi faoliyatini joyida oʻrgandi.
Oʻrganish jarayonlarida Prezidentimizning “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-son hamda “2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2-son qarorlarida belgilangan vazifalarga eʼtibor qaratildi.
Mahalla yettiligi faoliyati, raqamlashtirish, ijtimoiy profilaktika, toifadagi shaxslar bilan ishlash boʻyicha vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
“Xonadonbay”, “fuqarobay” ish olib borish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga eʼtibor qaratish, “Meni inspektorim” mobil ilovadan foydalanish va targʻibot ishlarini olib borish kerakligi qayd etildi.
Aholi va tadbirkorlar bilan muloqot olib borildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






