Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Jizzax viloyati hududida 2025-yil yakunlari va 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilandi
2026-01-20 16:25:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov ishtirokida 2025-yil yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari oʻz chiqishida har bir xodim xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishi, qonunchilik talablarini soʻzsiz bajarishi hamda vatanga, xizmatga va xalqqa sadoqat bilan yondashishi lozimligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, 2026-yilda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, har bir yoʻnalish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Vazir oʻrinbosari har bir ichki ishlar organi xodimining oʻzi xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilishi, xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, asosiysi vatanga, xizmatga va xalqiga sadoqatli boʻlishi lozimligini taʼkidlab oʻtilib 2025-yilda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilinib, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar belgilanib, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etishi va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi muhimligi taʼkidlandi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









