Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan aholi murojaatlari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2026-01-19 13:20:00 / Yangiliklar

Aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan shaxsiy qabullar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 18-yanvar kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar yuzasidan esa fuqarolarga qonuniy tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etuvchi murojaatlar masʼul xizmatlarga yoʻnaltirilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bunday qabullar aholi muammolarini hal etish va davlat organlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









