Sirdaryo viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2026-01-19 11:25:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga oid murojaatlarini oʻrganish hamda mavjud muammolarga joyida yechim topish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Mazkur qabulda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan fuqarolar ishtirok etib, ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli masalalar, shuningdek, shaxsiy va ijtimoiy muammolari yuzasidan oʻz murojaatlarini bildirdi.
Qabul jarayonida har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, fuqarolar bilan bevosita ochiq va samimiy muloqot olib borildi.
Shaxsiy qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida masʼul rahbarlar ishtirokida koʻrib chiqilib, ijobiy hal etish choralari koʻrildi.
Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda amaldagi qonunchilik doirasida tegishli tavsiyalar yetkazildi.
Shu bilan birga, qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab etadigan murojaatlar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan alohida nazoratga olinib, ularni belgilangan muddatlarda sifatli va qonuniy hal etish uchun masʼul ijrochilar biriktirildi.
Bunday shaxsiy qabullar aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolarning muammolariga befarq boʻlmaslik hamda ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati








