Andijon viloyati IIB rahbariyatining Oltinkoʻl tumanida aholining ijtimoiy va huquqiy masalalardagi murojaatlarini hal etishga qaratilgan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2026-01-18 09:00:00 / Yangiliklar

Joylarda aholini oʻylantirayotgan muammolarni bevosita oʻrganish, ularning huquqiy va ijtimoiy masalalardagi murojaatlarini hal etish maqsadida joriy yilning 17-yanvar kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan Jalaquduq tumanida sayyor qabul oʻtkazildi.
Ushbu sayyor qabulda nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari, balki tegishli davlat idoralari vakillari ham ishtirok etdi.
Qabul jarayonida fuqarolar sogʻligini tiklash uchun davolanish muassasalariga yoʻllanmalar olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit mablagʻlari ajratish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalar boʻyicha murojaat bilan chiqishdi.
Sayyor qabulda ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlarning murojaatlarini hal etishga alohida eʼtibor qaratildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat oʻrganilib, ularni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar sayyor qabul jarayonidayoq ijobiy hal etildi, qolganlari esa nazoratga olinib, tegishli mutaxassislar tomonidan amaliy yordam koʻrsatilishi belgilandi.
Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan bunday sayyor qabullar tizimli ravishda tashkil etilib, aholi muammolarini joyida hal qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu kabi sayyor qabullarning oʻtkazilishi shahar-tumanlarda davom etadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









