Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan Jarqoʻrgʻon tumanida uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
2026-01-18 09:00:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi va jamoatchilik vakillari hamda tuman yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad — yoshlarni qiynayotgan muammolarni oʻrganish, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, jamiyatda faol, qonunga hurmat ruhida tarbiyalangan avlodni shakllantirishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida viloyat IIB boshligʻi yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish, boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, zararli odatlardan yiroq boʻlish mavzularida hayotiy misollar asosida alohida toʻxtalib oʻtildi.
Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Uchrashuv yakunida, tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh faol yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









