Toshkent shahar Mirobod tumanida Prezident qarori ijrosi muhokama qilindi
2026-01-18 09:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 17-yanvar kuni Mirobod tumani hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Mazkur seminar-yigʻilishni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov hamda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov ochib berdi.
Tadbir davomida tumanda:
— mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish,
— huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish,
— yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va salbiy holatlarga qarshi profilaktik choralarni kuchaytirish,
— jamoat xavfsizligini taʼminlashda mahalla va jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, masʼul idora va tashkilot rahbarlarining axborotlari tinglanib, belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda Prezident qarorida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash barcha mutasaddilarning ustuvor vazifasi ekanligi alohida taʼkidlandi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati









