IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida Qurolli Kuchlar tashkil topganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosib nishonlandi
2026-01-17 11:55:00 / Yangiliklar

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34‑yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni“ munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Ushbu sana mamlakatimizda keng nishonlanib, mamlakat tinchligi, mustaqilligi hamda xavfsizligini taʼminlashda xizmat qilib kelayotgan barcha xizmatchilarning fidoyiligi va mehnatini eʼtirof etish uchun muhim hisoblanadi.
Tadbir avvalida IIV oʻrinbosari general-mayor Mirzaraximov Boxodir Yoʻldoshevich soʻz olib, mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining muhim asosi boʻlgan ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida toʻxtalib, tizimni fuqarolarga oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatadigan, har bir xodim Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishni – oliy burchi deb biladigan, barcha saʼy-harakatlarini inson qadri uchun yoʻnaltirgan professional tuzilmaga aylanganligini alohida taʼkidlab, sohada xizmat qilayotgan barcha xodimlarga bayram bilan chin yurakdan qutladi.
Shuningdek, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti markaziy apparati hamda hududiy boshqarma va boʻlinmalarining bir guruh xodimlariga “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan huquq-tartibotni taʼminlash borasida hamkasblari orasida alohida oʻrnak boʻlib kelayotgan hamda samarali mehnatlar, xizmatda bir qator erishilgan yutuqlarini uchun bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi









