Navoiy viloyati IIB boshligʻi raisligida hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi
2026-01-13 09:40:00 / Yangiliklar

Hududlardagi barqarorlik va xavfsizlik — bugungi kunning ustuvor vazifalardan biri. Shu maqsadda Navoiy viloyati IIB boshligʻi raisligida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyat va huquqbuzarliklar, shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Videoselektor shaklida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda barcha shahar va tuman IIBlari boshliqlari hamda sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etib, unda jamoat tartibini mustahkamlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash, “qizil” hududlarda nazoratni oshirish hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha rejalar tuzildi. Shuningdek, bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan aniq vazifalar belgilandi, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati






