Jizzax viloyati IIB rahbariyati jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot oʻtkazdi
2026-01-12 09:00:00 / Yangiliklar

Shaxsiy qabulda 40 nafar fuqarolar tomonidan koʻtarilgan murojaatlar masʼullar ishtirokida atroflicha oʻrganildi.
Xususan, pullarini undirish, qonunbuzarlarga chora koʻrish, uy-joy va mol-mulk mojarosi, firibgarlik hamda tergov-surishtiruvga oid masalalarga yechim izlandi.
Qabulda asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal qilinishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilgan holatlar ish yurituvga olindi.
Ularning ijrosi yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilangan holda masʼullarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









