Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida jinoyatchilik tahliliga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2026-01-08 11:20:00 / Yangiliklar

Sharof Rashidov tumanida Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general mayor Gʻayrat Qodirov boshchiligida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Unda asosiy eʼtibor jinoyatchilik tahliliga qaratildi.
Yigʻilishda joriy yilning oʻtgan davri mobaynida sodir etilgan qonunbuzarliklar, xususan, tumanning “Qatortol” mahallasida yuz bergan jinoiy holat haqida batafsil maʼlumot berildi.
Muloqot davomida mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, oʻsib kelayotgan avlodning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashish hamda bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, hududlardagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









