Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat faoliyatini takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi
2026-01-08 11:00:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida shahar va tuman IIB boshliqlarining xizmat boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirokida boshqarma rahbariyati hamda sohaviy xizmatlar tomonidan oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Mazkur oʻquv mashgʻulotlari rahbar kadrlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularni amaldagi qonunchilik talablaridan xabardor etish, boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish hamda xizmat faoliyatida samaradorlikni oshirish maqsadida oʻtkazildi. Mashgʻulotlar davomida xizmatni toʻgʻri va samarali tashkil etish, qonuniylikka qatʼiy rioya etish, xizmat intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, har bir sohaviy xizmat tomonidan oʻz faoliyat yoʻnalishiga oid dolzarb masalalar, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yoʻllari, shuningdek, ilgʻor ish tajribalariga doir maʼlumotlar taqdim etildi. Nazariy bilimlar amaliy misollar bilan boyitilib, tinglovchilarning bilim va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv-uslubiy tavsiyalar berildi.
Mazkur oʻquv mashgʻulotlari shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlari rahbarlarining xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, boshqaruv qarorlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etish, shuningdek, ichki ishlar organlari tizimida professional kadrlar salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









