Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida kibertahdidlar boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi
2026-01-08 10:55:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Targʻibot tadbiri davomida bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan kibertahdidlar, firibgarlikning zamonaviy turlari hamda ulardan himoyalanish usullari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Kiber tahdidlar bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekani taʼkidlanib, ulardan himoyalanish har bir fuqaroning burchi ekaniga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, internet orqali kelayotgan har qanday shubhali yoki nomaʼlum xabar va havolalarni ochmaslik, virusli dasturlarni oʻrnatmaslik, shaxsiy maʼlumotlar hamda bank plastik kartalariga oid maxfiy kodlarni hech kimga bermaslik lozimligi tushuntirildi.
Unutmang, kiberxavfsizlik faqat mutaxassislar ishi emas — bu har bir foydalanuvchining kundalik madaniyatidir. Oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar sizni moliyaviy zarar, obroʻ-yoʻqotish va shaxsiy maʼlumotlarning oʻgʻirlanishidan himoya qiladi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati





