Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi
2026-01-08 10:40:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida shahar-tuman IIB boshliqlarining oʻrinbosarlari ishtirokida boshqarma rahbariyati hamda barcha sohaviy xizmatlari tomonidan oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Oʻquv mashgʻulotlari davomida har bir sohaviy xizmat tomonidan oʻz faoliyat yoʻnalishiga oid dolzarb masalalar, amaldagi qonunchilik talablari, xizmatni tashkil etish tartibi, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha vazifalar atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, shahar va tuman IIBlarida xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, sohaviy xizmatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, boshqaruv qarorlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Mashgʻulotlar davomida nazariy bilimlar amaliy misollar bilan mustahkamlanib, xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Mazkur oʻquv mashgʻulotlari rahbar kadrlarning kasbiy bilim va boshqaruv koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati




