Fuqarolar murojaatlari eʼtibor markazida: Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida sayyor qabul tashkil etildi
2026-01-07 10:40:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Farrux Xaydarov tomonidan Yangiyer shahri Abdurahmon Jomiy mahallasida fuqarolar murojaatlariga bagʻishlangan sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalar boʻyicha bildirgan murojaatlari tinglanib, jumladan tergovga qadar tekshiruv jarayonlari, ijtimoiy muammolar hamda alohida toifadagi shaxslarning muammolari atroflicha oʻrganildi. Murojaatlar yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.
Sayyor qabul fuqarolar bilan ochiq muloqotni taʼminlash, ularni qiynayotgan muammolarga qonuniy yechim topish hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati









