Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida sodir etilgan oʻta ogʻir qotillik jinoyati tanqidiy muhokama qilindi
2026-01-07 10:15:00 / Yangiliklar

Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida Mirzo Ulugʻbek tumani “Xabib Abdullayev” mahallasida sodir etilgan oʻta ogʻir turdagi qotillik jinoyatining muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda qotillik jinoyati sodir etilishining obyektiv va subyektiv sabablari muhokama qilinib, masʼullardan tushuntirishlar soʻraldi.
Tahlillarga koʻra, tumanning “Xabib Abdullayev” mahallasida joriy yilning 12 oyida 10 ta jinoyat qayd etilgan, shundan 3 tasi oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlarni tashkil etgan.
Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda, “Xabib Abdullayev” MFY “mahalla yettiligi” va “ijtimoiy profilaktika”ga masʼul boʻlgan mutasaddilarga mahalladagi yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlanganlar va ishsizlar jinoyatchiligini oldini olish maqsadida ularning bandligini taʼminlash, ular bilan individual profilaktik tadbirlar oʻtkazish, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari oʻrganilib, hal etilishi yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati



