Toshkent viloyatida fuqarolikka qabul qilingan shaxslarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi
2026-01-06 09:45:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyatida doimiy yashab kelayotgan, ilgari fuqaroligi boʻlmagan bir guruh shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi hamda ularga identifikatsiya ID-kartalari tantanali tarzda topshirildi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni fuqarolikka qabul qilish jarayonlari izchil davom etmoqda. Mazkur tadbir doirasida Toshkent viloyatida doimiy istiqomat qilayotgan 61 nafar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinib, ularga belgilangan tartibda ID-kartalar topshirildi.
Tantanali tadbirda Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakov, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Otabek Tursunov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan fuqarolikka qabul qilish borasida olib borilayotgan islohotlar jamiyatda adolat, tenglik va inson huquqlarini taʼminlashga qaratilganini alohida taʼkidladilar. Shuningdek, ushbu tashabbuslar mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlik va fuqarolarning farovon hayotini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati









