Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Xorazm viloyati hududlarida oʻrganishlar olib borilmoqda
2026-01-05 17:30:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Xorazm viloyati Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hamda viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi va Xorazm viloyati IIB huzuridagi Qoʻriqlash xizmatida amalga oshirilayotgan bir qator ishlar yuzasidan yaqindan tanishdi.
Xususan, temir yoʻl obyektlarida yoʻlovchi fuqarolar va yoʻlovchi hamda yuk poyezdlarining harakat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayot ishlar, vokzal ishchilari, yoʻlovchi fuqarolar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash borasida bir qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan uchrashib, xodimlari tomonidan tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholining ijtimoiy huquqiy ongini mustahkamlash borasida jamoat joylarida va turizm namoyishi obyektlarida targʻibot profilaktik tadbirlari oʻtkazilishi borasida koʻrsatmalar berildi.
Tashrif davomida qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining moddiy-texnik taʼminoti, xizmatni tashkil etish holati, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi hamda xizmat intizomi masalalari oʻrganildi. Shuningdek, qoʻriqlanayotgan obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
IIV oʻrinbosari xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy texnik vositalardan samarali foydalanish, xodimlarning masʼuliyati va kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berdi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati









