Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 387 mln soʻm zarar yetkazgan “brakonyerlar“ qoʻlga olindi
2026-01-05 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 2-yanvar kuni Qoʻriqlash departamentining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari koʻlning nazorat hududida tungi vaqtda harakatlanayotgan “Lasetti“ rusumli transport vositasini toʻxtatib koʻzdan kechirishganda, avtomobil yukxonasidan, koʻldan noqonuniy ravishda tutilgan jami 344 dona 4 xil turdagi baliq mahsulotlari borligi aniqlandi.
Shu kuni boshqarma xodimlari tomonidan koʻl hududida qayiq va toʻr yordamida baliq mahsulotlarini noqonuniy ravishda ovlayotgan 2 nafar fuqaro qoʻlga olindi. Dastlabki oʻrganishlar jarayonida fuqarolarning oldida 40 dona sudak turidagi baliq mahsuloti borligi aniqlandi.
Hozirda holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun sud organlariga joʻnatish choralari koʻrilmoqda.
Maʼlumot uchun: ovlangan baliq mahsulotlari hududga xizmat koʻrsatuvchi MCHJga topshirildi.
Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga keltirilgan taxminiy zarar 387 mln soʻmni tashkil qiladi.
IIV huzuridagi Qoʻriqlash departamenti Axborot xizmati

