Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Farrux Xaydarovning aholi murojaatlariga bagʻishlangan navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2026-01-04 20:35:00 / Yangiliklar

Belgilangan reja grafik asosida oʻtkazib kelinayotgan mazkur qabul davomida fuqarolar ichki ishlar organlariga aloqador, shaxsiy va ijtimoiy muammolari yuzasidan boshqarma boshligʻiga murojaatlarini yoʻllashdi.
Qabul davomida roʻyxatga olingan murojaatlar tegishli sohaviy xizmat rahbarlari bilan atroflicha koʻrib chiqilib ularni tez fursatlarda ijobiy hal qilish choralari koʻrildi.
Baʼzi murojaatlar qabul davomida hal etilgan boʻlsa yana baʼzi murojaatlar vaqt oʻrganish talab qilganligi bois ijrosi boshqarma boshligʻi tomonidan nazoratga olindi.
Aholi vakillarini qiynab kelayotgan muammolarini hal etish, ular bilan yuzma-yuz muloqotni tashkil etish maqsadidagi bu kabi qabullar davom etmoqda.






