Jizzax viloyati IIB boshligʻining shaxsiy qabuli tashkil etildi
2026-01-04 14:10:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati IIB boshligʻi jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazib, ular tomonidan bildirilgan murojaatlar masʼullar ishtirokida atroflicha oʻrganildi. Shaxsiy qabulda 10 ga yaqin shaxsning muammolari tinglandi. Xususan, pullarni undirish, qonunbuzarlarga chora koʻrish, uy-joy va mol-mulk mojarosi, firibgarlik hamda tergov-surishtiruvga oid masalalarga masʼullar ishtirokida yechim qidirildi.
Qabulda asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal qilinishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilgan holatlar ish yurituvga olindi. Ularning ijrosi yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilangan holda masʼullarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.









