Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Jamoat xavfsizligini taʼminlashning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
2026-01-04 09:30:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Kasbiy tayyorgarlik fakulteti maxsus kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursi”da taʼlim olayotgan tinglovchilari bilan “Jamoat xavfsizligini taʼminlashning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda, Toshkent shahar Bektemir tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosarlari podpolkovniklar F.Sh.Akmalov hamda Z.Z.Toʻraqulov, Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi birinchi batalyon, beshinchi safarbarlik guruhi komandiri, podpolkovnik B.H.Yaxshiyev va shu guruh katta inspektori, kapitan I.N.Azimovlar, shuningdek, Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi boshligʻi oʻrinbosari, dotsent, polkovnik I.B.Axmedov, kafedra dotsenti, podpolkovnik F.Sh.Xidirov, kafedra katta oʻqituvchilari podpolkovnik J.H.Allayorov va mayor Sh.M.Ubaydullayev hamda katta leytenant Oʻ.A.Saidovlar qatnashdilar.






