Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi bir guruh shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi
2026-01-03 07:25:00 / Yangiliklar

Prezident farmoniga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashab kelayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 22 nafar shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.
Fuqarolikka qabul qilish marosimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F. Ermanov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekov ishtirokida boʻlib oʻtdi. Tegishli qaror mamlakat qonunchiligiga muvofiq qabul qilinib, unda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Fuqarolikni olgan shaxslar jamiyat hayotida faol ishtirok etish, mehnat qilish, taʼlim olish va ijtimoiy himoyadan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldilar.









