Buxoro viloyati IIB tizimidagi obyektlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari holati oʻrganildi
2026-01-03 07:15:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan tizimdagi bir qator muhim obyektlarda olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari yuzasidan masʼullar hamda quruvchi tashkilotlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida Buxoro viloyati IIB MvaMTTB Transport taʼminoti boʻlinmasi uchun barpo etilayotgan yangi binoni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, shuningdek, avtoxoʻjalik hududiga tutash Buxoro shahar “Furqat” MFY, “S. Murodov” koʻchasi 102-uy manzilida ichki ishlar organlari xodimlari uchun qurilayotgan koʻp qavatli turar joy binolarini belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari muhokama qilindi. Qurilish ishlarini belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq yakunlash boʻyicha quruvchilarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, obyektlarga zamonaviy talablarga mos energiya tejamkor quyosh panellarini oʻrnatish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Tadbir davomida, yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan avtoturargoh (jarima maydonchasi) hududiga tashrif buyurilib, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, mazkur hududda 500 kV quvvatdagi quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha olib borilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Tadbir davomida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining yangi maʼmuriy binosida olib borilayotgan qurilish ishlari ham koʻzdan kechirilib, jarayon yuzasidan masʼullar bilan suhbatlar oʻtkazildi.
Shundan soʻng, Kogon tumani va Kogon shahar Ichki ishlar boʻlimlari binolarida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya hamda kapital taʼmirlash ishlari holati oʻrganilib, ularni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bundan tashqari, Buxoro viloyati IIB JTSB tasarrufidagi “Maxsus qabulxona”da olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati ham koʻzdan kechirildi. Obyektni toʻliq oʻrganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar ijrosi tahlil qilindi. Shuningdek, u yerda saqlanayotgan shaxslar bilan suhbatlar oʻtkazildi.









