Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan mahallalarda oʻrganish ishlari olib borilib, sodir etilgan jinoyatlar atroflicha tahlil qilindi
2026-01-01 12:25:00 / Yangiliklar

Viloyat hududining barcha tuman va shaharlarida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, Yangi yil bayramini munosib tarzda kutib olish maqsadida tun-u kun xizmatlar tashkil etilgan. Mazkur xizmatlar boshqarma rahbariyati tomonidan tizimli ravishda oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.
Xususan, boshqarma boshligʻi tomonidan Kosonsoy tumanining “Bogʻishamol”, Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Chustkoʻprik” hamda Norin tumanining “Mirsultonchek” mahallalarida sodir etilgan ogʻir turdagi jinoyatlar tuman hokimlari va mahalla faollari ishtirokida muhokama qilindi.
Shuningdek, Yangi yil bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarni tinch va osoyishta tarzda tashkil etish, aholi murojaat va muammolarini doimiy ravishda oʻrganib borish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash boʻyicha masʼul rahbar va xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





