Andijon viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan oʻrganildi
2026-01-01 12:05:00 / Yangiliklar

Dastlab, viloyat IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi binosida xodimlar bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazishlik uchun tashkil etilgan oʻquv xonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu joyda profilaktika xizmatida 15 yildan oshgan xodimlar bilan yaqindan suhbatlashilib, tizimdagi mavjud muammo va ularning yechimi yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, oʻrganishlar davomida viloyat IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markaziga borilib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishildi hamda oʻzining topshiriq va koʻrsatmalarini berib oʻtdi.
Bundan tashqari, Andijon shahrining Mustaqillik mahallasi hududidagi 1-son Huquq-tartibot maskaniga va Andijon tumani ichki ishlar boʻlimiga tashrif buyurilib, rahbar va xodimlar bilan bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati boʻyicha suhbatlar oʻtkazildi.
Andijon viloyatida oʻrganishlarning ikkinchi kunida barcha shahar-tuman IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlim, boʻlinma boshliqlari va maʼmuriy amaliyot katta inspektorlari bilan viloyat IIBning maʼrifat zalida xodimlarning elektron tizimdagi raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yuzasidan oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.
Oʻquv mashgʻuloti yakuni boʻyicha xizmat rahbari tomonidan barcha shahar-tuman IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlim, boʻlinma boshliqlari bilan joriy yilning yakuni boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, ularga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, Qoʻrgʻontepa va Buloqboshi tuman IIBlariga borilib, bevosita profilaktika xizmatida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlar, shu jumladan profilaktika inspektorlari bilan suhbatlar olib borildi.
Bundan tashqari, Andijon shahrining Oʻzbegim mahallasi profilaktika katta inspektori mayor I.Toʻrayev va 4-son bosh inspektori mayor Sh.Mamajonovlarning xizmat uyiga tashrif buyurildi. Xodimlarning oilaviy sharoitlari, turmush tarzi bilan yaqindan tanishilib, yangi yil munosabati bilan ularning farzandlariga yangi yil sovgʻalari ulashildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati







