Fargʻona viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
2026-01-01 10:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi, polkovnik Sharof Uralov tomonidan Fargʻona viloyatida oʻrganishlar olib borildi. Oʻrganishlar davomida Fargʻona shahri hamda Oltiariq, Toshloq, Rishton, Buvayda va Uchkoʻprik tumanlari IIBlarida 2025-yilda profilaktika yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar, 1-sonli qaror ijrosi, raqamlashtirish jarayonlari, ijtimoiy profilaktika va ijrochilik intizomi masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, Yangi yil tadbirlari oʻtkaziladigan obyektlar holati oʻrganildi.
Shu bilan birga, ayrim tumanlarda profilaktika inspektorlarining xizmat uylariga tashrif buyurilib, xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan suhbatlar oʻtkazildi hamda Yangi yil munosabati bilan bayram sovgʻalari topshirildi. Oʻrganishlar yakunlariga koʻra, 2026-yilda amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






