Qashqadaryo viloyatida yangi yil arafasida ezgulik va eʼtibor namunasi
2025-12-31 12:50:00 / Yangiliklar

Yangi yil bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilov tomonidan xizmat vazifasini bajarish chogʻida vafot etgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolari, xususan ularning farzandlariga Prezident sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbirda marhum xodimlarning oilalariga boʻlgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularning farzandlari kelajagiga boʻlgan ishonch va qoʻllab-quvvatlash yaqqol namoyon etildi. Bu kabi ezgu tashabbuslar yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, fidoyi xodimlar xotirasini eʼzozlash va ularning oila aʼzolarini doimiy eʼtiborda tutishning yorqin ifodasidir.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati




