IIV rahbariyati Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurdi
2025-12-30 17:10:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida metropoliten obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning tinch va osoyishta harakatlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, xizmat olib borayotgan xodimlarning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov xavfsizlikni taʼminlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, videokuzatuv tizimlarining samaradorligi hamda tezkor xizmatlarning oʻzaro hamkorligi masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda fuqarolar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish va xizmat faoliyati samaradorligini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida IIV oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash sohasida xizmat olib borayotgan shaxsiy tarkibni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga masʼuliyatli xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar, mustahkam sogʻlik hamda tinchlik-osoyishtalik tiladi. Shuningdek, u jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalarni soʻzsiz va sifatli ijro etish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot xizmati









