IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida qoʻshinlarda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sarhisob yigʻilish oʻtkazildi
2025-12-30 10:10:00 / Yangiliklar

IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida qoʻshin qoʻmondoni polkovnik Xasan Batirov boshchiligida Qoʻshilma, harbiy qism va boʻlinmalarida jangovar xizmat faoliyati, harbiy intizom va qonunchilik, ichkari hamda texnik taʼminot yoʻnalishlarining 2025-yil yakuniga bagʻishlangan sarhisob yigʻilish oʻtkazildi.
Qoʻmondonlik rahbariyati va mansabdor shaxslar ishtirok etgan mazkur yigʻilishda, soʻz olganlar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha oʻtgan davrda erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan nuqson va kamchiliklar hamda kelgusidagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan rejalar xususida hisobotlarini taqdim etishdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan ushbu yigʻilish yakunida qoʻshin qoʻmondoni mansabdor shaxslarga kelgusi yilda barcha sohalarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, shaxsiy tarkibning jangovar, kasbiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy, shuningdek, huquqiy tayyorgarlik darajasini oshirish borasida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi




