Aholi bilan yuzma-yuz muloqot: muammolar tinglanib, aniq yechimlar belgilandi
2025-12-29 20:20:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati IIBBda fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi. Ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda koʻtarilgan masalalar bevosita IIBB boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakov tomonidan koʻrib chiqildi.
Qabul davomida fuqarolar huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov va surishtiruv masalalari, xizmatga qayta tiklash va boshqa faoliyat bilan bogʻliq muammolar yuzasidan murojaat qildi. Har bir holat alohida koʻrib chiqilib, amaliy yechimlar belgilandi.
Koʻtarilgan masalalarning yarimlari joyida hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganishni talab qilgan murojaatlar boʻyicha masʼul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Taʼkidlash joizki, bunday shaxsiy qabullar viloyatning barcha tuman va shaharlarida tizimli ravishda oʻtkazilib, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati









