General-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2025-12-29 09:45:00 / Yangiliklar

Aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali ular muammolarini har tomonlama chuqur oʻrganish va qonuniy hal etish maqsadida muntazam uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻtkazilgan ana shunday qabul davomida 31 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qatnashib, ulardan turli masalalarda 32 ta murojaatlar qabul qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 18 tasi ijobiy hal etildi, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 12 ta murojaat boʻyicha kompleks oʻrganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini taʼminlash boʻyicha soha vakillariga alohida vazifalar belgilab berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






