Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirovning shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-12-29 09:45:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati har yakshanba kuni shaxsiy qabul oʻtkazib, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquq-tartibot sohasiga oid muammolarini bartaraf etish choralarini koʻrmoqda.
Navbatdagi shaxsiy qabulda 16 nafar fuqaro bilan muloqot qilindi. Murojaatlarning asosiy qismini qonunbuzarga chora koʻrish, huquqbuzarlik va jinoiy holatlar, shu qatorda ishini oʻzgartirish, oʻgʻirlik va firibgarlik, sogʻligini tiklash kabi masalalar tashkil etdi. Boshqarma boshligʻi ushbu muammolarni hal qilish boʻyicha viloyat ichki ishlar boshqarmasining tergov, jinoyat qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi kabi sohaviy xizmatlar masʼullariga aniq muddatlar belgilagan holda tegishli topshiriqlar berdi. Qabulda murojaatlari ijobiy hal qilingan fuqarolar minnatdorlik ham bildirishdi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati






