IIV akademiyasi magistraturasida soha faxriylari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-12-27 20:45:00 / Yangiliklar

Uztoz-shogirdlik asosida faxriylarning boy hayotiy tajribasidan oqilona foydalanish, tinglovlarning rahbarlik mahoratini oshirish maqsadida oʻtkazilgan uchrashuvga isteʼfodagi generallar Mirsamad Adilov va Tohir Mullajonov taklif etildi.
Soha fidoyilari mustaqillikkacha va undan keyingi davrlarda respublikamizning turli hududlarida roʻy bergan siyosiy voqealar, osoyishta hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan terrorchilik harakatlarini yodga olib, murakkab vaziyatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha orttirgan koʻp yillik tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Uchrashuvda mazkur voqealarning asl sabablari aniq faktlar misolida tahlil qilindi. Jamiyatda huquq-tartibotni taʼminlash, har qanday sharoitda odamlarning tinch-osoyishta hayotini muhofaza qilish ichki ishlar organlari xodimlari zimmasidagi muqaddas burch ekanligi aytib oʻtilib, tinglovchilarga amaliy maslahat va tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati


