IIV rahbariyati tomonidan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida fuqarolar murojaatlari, qonunchilik masalalari va joriy yildagi faoliyatga bagʻishlangan sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi
2025-12-27 17:05:00 / Yangiliklar

IIV oʻrinbosari general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldoshevich boshchiligida Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida qonunchilik talablarining ijrosi, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish holati hamda joriy yilda amalga oshirilgan faoliyat natijalariga bagʻishlangan sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda departament tomonidan transport infratuzilmasi va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat faoliyatini qonunchilik asosida tashkil etish, shuningdek kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan koʻrilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokama etildi.
IIV oʻrinbosari oʻz nutqida qonun ustuvorligini taʼminlash, xizmat intizomini mustahkamlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda masʼuliyatni oshirish hamda transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Yigʻilish yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi va masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot xizmati




