Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida Mirobod tumani “Ziyonur“ mahallasida sodir etilgan oʻta ogʻir turdagi qotillik jinoyatining muhokamasi boʻlib oʻtdi
2025-12-27 11:50:00 / Yangiliklar

Muhokamada qotillik jinoyati sodir etilishining obyektiv va subyektiv sabablari muhokama qilinib, masʼullardan tushuntirishlar soʻraldi.
Tahlillarga koʻra, tumanning “Ziyonur“ mahallasida joriy yilning 11 oyida 6 ta jinoyat qayd etilgan, shundan 5 tasi oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlarni tashkil etgan.
Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda, “Ziyonur“ MFY “mahalla yettiligi“ va “ijtimoiy profilaktika“ga masʼul boʻlgan mutasaddilarga mahalladagi yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlanganlar, afv etilganlar va ishsizlar jinoyatchiligini oldini olish maqsadida ularning bandligini taʼminlash, ular bilan individual profilaktik tadbirlar oʻtkazish, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari oʻrganilib, hal etilishi yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati




