Navoiy shahrida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi
2025-12-26 10:55:00 / Yangiliklar

Qabulda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi shaxsan ishtirok etib, aholi bilan bevosita muloqot olib bordi. Ommaviy qabul jarayonida fuqarolar tomonidan huquq-tartibot, jamoat xavfsizligi, profilaktika ishlari, tergov, maʼmuriy masalalar, shuningdek, ijtimoiy va maishiy muammolar yuzasidan koʻplab murojaatlar bildirildi.
Viloyat IIB boshligʻi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berdi.
Ayrim masalalar qabul davomidayoq ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan murojaatlar boʻyicha esa tegishli xizmatlarga muddat belgilanib, ijrosi qatʼiy nazoratga olinishi taʼkidlandi. Bu esa fuqarolarning murojaatlariga masʼuliyat bilan yondashilayotganidan dalolatdir.
Bunday ommaviy sayyor qabullar kelgusida ham izchil davom ettirilishi, fuqarolar murojaatlari tizimli oʻrganilishi belgilangan.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati





