IIV rahbariyati Saudiya Arabistoni elchisi bilan uchrashdi
2025-12-26 08:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda elchi Yusuf Bin Solih Al-Utaybiyning Oʻzbekistondagi faoliyati yuqori baholandi, soʻnggi yillarda ikki davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan Oʻzbekiston-Saudiya munosabatlari yuqori darajaga koʻtarilganligi taʼkidlandi.
Tomonlar ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi aloqalarga toʻxtalib, idoralar oʻrtasida tashkil etilgan xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻshma komissiya faoliyatini alohida qayd etdilar.
Muloqotda aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2026-yilga moʻljallangan rejalar, xususan transmilliy uyushgan va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilgʻor tajribalarni almashish masalalari muhokama qilindi.
Doʻstona va konstruktiv ruxda oʻtkazilgan yigʻilishda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli vazifalarini belgilab oldilar.



