IIV Kiberxavfsizlik markazi barchangizni kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etib, sizlarni firibgarlar bayram oldidan faollashayotgani haqida ogohlantiradi
2025-12-25 19:15:00 / Yangiliklar

Firibgarlar Yangi yil sovgʻasi koʻrinishida turli zararli havolalarni yaratib telegram orqali sizlarga tarqatishadi. Uni ochgan zahotingiz shaxsiy maʼlumotlaringiz va plastik kartangizdagi pullarni oʻzlashtirishadi.
IIV Kiberxavfsizlik markazining ogohlantirishicha, hozirda firibgarlarning asosiy quroli texnik hiyla-nayranglar emas, balki ijtimoiy muhandislik, yaʼni inson emotsiyalari bilan manipulyatsiya qilishdir. Hamkasb, qarindosh yoki doʻstlardan tabrik olishni kutish odamni hushyorligini pasaytiradi.
Zamonaviy firibgarlik usullari juda murakkablashgan.
Endilikda gap faqat gap endi oddiy “Apk.” “.exe” kabi fayllar haqida emas.
Bugun siz messenjer yoki ijtimoiy tarmoq orqali interaktiv tabrikka oʻxshatilgan fishing saytga olib boradigan havolani olishingiz mumkin. Yoki goʻyoki “yuklanmayapti” deb koʻrsatiladigan chiroyli GIF-fayl yuborilib, uni koʻrish uchun yangilash “obnovleniya” taklif etiladi.
Yana bir ommaviy ssenariy — “yetkazib berish xizmati” nomidan yuborilgan xat boʻlib, unda “yangi yil sovgʻasini”ni olish uchun ilova — “yuk xati”ni yuklab olib ochish talab qilinadi.
Bunday usullar insonning qiziquvchanligi va bayram kayfiyatiga qoʻshilish istagiga taʼsir qiladi. Bayram tabriklari almashinuvi avjida firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun oddiy, ammo samarali qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi.
Birinchidan, har doim manbaga eʼtibor bering. Bu insonni tanisizmi? Undan havola yoki fayl yuborilishini kutganmidingiz? Agar yoʻq boʻlsa, eng toʻgʻri yoʻl — ilovani ochmaslik.
Ikkinchidan, fayl formatiga qarang. Hatto rasm yoki video sifatida niqoblangan fayllar ham xavfli boʻlishi mumkin. Media uchun xavfsiz formatlar: .jpg, .png, .gif, .mp4, .webm. .exe, .scr, .bat, .msi formatlari, shuningdek ichida zararli dasturlar boʻlishi mumkin boʻlgan .zip va .rar arxivlaridan ehtiyot boʻling.
Uchinchidan, havolalar uchun “yetti marta tekshir” qoidasi amal qiladi. Agar qisqa yoki shubhali havola orqali oʻtish taklif qilinsa, uni bosmaslik yaxshiroq.
Bundan tashqari, oziq ovqat mahsulotlari, yangi yil archasi, oʻyinchoqlar hamda boshqa turli buyumlarni arzon narxlarda sotilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni joylab, uni xarid qilish istagini bildirgan fuqarolarga pullarni oldindan toʻlab berishlarni aytishadi.
Mahsulot pulini oldindan toʻlagan zahotingiz ular akkauntlarni oʻchirib yuborib sizni blokka qoʻyib, gʻoyib boʻlishadi.
Internetda xaridlarni amalga oshirayotganingizda hech qachon pullarini oldindan toʻlab bermang!
