Namangan viloyati IIB tomonidan biriktirilgan oilalarning ijtimoiy ahvoli oʻrganilmoqda
2025-12-24 17:35:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ–330-sonli “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga qaratilgan qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyat hududlarida ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan biriktirilgan oilalar bilan manzilli ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Mazkur yoʻnalishdagi ishlar doirasida bugun Namangan viloyati IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Namangan tumanining “Urganchi” mahallasida boʻlib, biriktirilgan oilalar bilan olib borilayotgan amaliy ishlar holatini oʻrgandi. Oʻrganish jarayonida xonadonlarning turmush sharoiti, ijtimoiy holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar atroflicha koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, oila aʼzolari bilan suhbatlashilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Masʼul xodimlarga oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, aniqlangan muammolarni tizimli va bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli koʻrsatma va vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati




