IIV Malaka oshirish instituti respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi
2025-12-24 16:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Mazkur anjumanda “Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi va isteʼmoli uchun yuridik javobgarlikni takomillashtirish istiqbollari” mavzusi muhokama qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi sohaga oid ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish, profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish hamda tegishli tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat boʻldi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati









