Yangi yil bayrami munosabati bilan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, yongʻin va favqulodda hodisalarni oldini olish maqsadida soha mutasaddilari oʻrganishlar olib bordi
2025-12-23 12:15:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyat Ichki ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari hamda boshqa daxldor tashkilotlar masʼullari hamrohligida Navoiy shahri markazida qad rostlagan archa atrofida oʻrganishlar olib borildi. Unda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, fuqarolar va texnika xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha koʻzdan kechirilib jarayonda maxsus transport vositalari hamda ehtiyot shart boʻlishi lozim qurilmalar faoliyati oʻrganildi.
Shuningdek, mazkur hududda tashkil etilgan savdo shoxobchalari, arzonlashtirilgan yarmarkalar ham koʻzdan kechirilib, isteʼmol mahsulotlarning sifati hamda pirotexnika vositalari boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Tinchlikni saqlash bayramni osoyishta oʻtkazish borasida masʼullarga yoʻnalishlar doirasida yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati





